«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Prezident Toshkentda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishdi
19 sentabr 2024, 22:52

Prezident Toshkentda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va havo sifatini yaxshilash chora-tadbirlari bilan tanishdi

Prezidentga 2030-yilgacha chang bo‘ronlariga qarshi kurashish dasturi, shuningdek, Toshkentda havo sifatini yaxshilash choralari taqdim etildi. MJTKga qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik, daraxt kesish va quritish uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risidagi moddani kiritish taklif etilmoqda.

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev
17 sentabr 2024, 14:51

“O‘zbekiston Germaniya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini yanada to‘liqroq ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi
16 sentabr 2024, 18:35

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Prezident u yerda “Markaziy Osiyo — Germaniya” ikkinchi sammitida qatnashadi.

“Yangi format”: Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols yetakchi kompaniya hamda banklar vakillari bilan uchrashdi
16 sentabr 2024, 11:58

“Yangi format”: Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols yetakchi kompaniya hamda banklar vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri Samarqandda yetakchi kompaniya va banklar vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev unda asosan xususiy sektordagilar ishtirok etganini aytib, buni “yangi format” deb atadi. “Yashil energetika”, kimyo sanoati, mashinasozlik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rildi.

“O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor” — Germaniya kansleri
16 sentabr 2024, 11:04

“O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor” — Germaniya kansleri

O‘zbekiston Germaniya uchun juda muhim hamkor, jumladan, yaqin kelajak uchun ham, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. U mamlakatlar o‘rtasida imzolangan migratsiya bitimini alohida qayd etdi, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida qanday masalalar ko‘tarilganini sanadi.

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?
15 sentabr 2024, 21:38

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?

Prezident va Germaniya kansleri muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar migratsiya bitimini imzoladi. Qolaversa, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Lufthansa aviakompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Foto: Samarqandda Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
15 sentabr 2024, 19:55

Foto: Samarqandda Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Samarqand shahrida Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.

Germaniya kansleri Olaf Shols Samarqandga keldi
15 sentabr 2024, 17:28

Germaniya kansleri Olaf Shols Samarqandga keldi

Germaniya kansleri Olaf Shols yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Samarqand shahri aeroportida uni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Registon maydonida esa prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

“Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident
13 sentabr 2024, 19:41

“Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident

Prezident Parij paralimpiadasi sovrindorlari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytdi. “Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi u.

Prezident paralimpiyachilar va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi
12 sentabr 2024, 14:59

Prezident paralimpiyachilar va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi hamda murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.

Prezident Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlari bilan uchrashadi
12 sentabr 2024, 10:46

Prezident Turkiya TIV, IIV va razvedka xizmati rahbarlari bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi va ichki ishlar vazirlari, shuningdek, Milliy razvedka xizmati direktorini qabul qiladi. Bunday formatdagi uchrashuv birinchi marta o‘tkazilmoqda.

Prezident Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi (+foto)
10 sentabr 2024, 22:25

Prezident Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi (+foto)

Prezident 2025-yilda yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasi qurilishini yana borib ko‘rdi. O‘yinlardan so‘ng majmua milliy sport turlari va aholi salomatligini muhofaza qilish markazi sifatida xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi
10 sentabr 2024, 14:37

Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Mishustin, shuningdek, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim hamda mehnat migratsiyasi bo‘yicha suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashdi (foto)
8 sentabr 2024, 23:21

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashdi (foto)

Prezident Ostona shahrida V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Musobaqada dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ortiq sportchi kurash, arqon tortish, kamondan o‘q otish, poyga kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.

Buxoroda Mirziyoyev va Nazarboyevning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (foto)
8 sentabr 2024, 11:38

Buxoroda Mirziyoyev va Nazarboyevning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrif buyurib, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Ular birgalikda shaharning diqqatga sazovor joylarini kezdi.

Prezident Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi
8 sentabr 2024, 09:27

Prezident Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

Prezident Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida oltin va bronza medal olgan sportchilar Nurxon Qurbonova hamda Tolibboy Yo‘ldoshev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident Paralimpiya chempionlarini telefon orqali tabrikladi
6 sentabr 2024, 18:51

Prezident Paralimpiya chempionlarini telefon orqali tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan dzyudochi Sherzod Namozov va uch karra “oltin” sohibi bo‘lgan Xusniddin Norbekovni telefon orqali tabrikladi.

“Maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozorda sotish hisobiga rivojlanmoqda” — prezident
5 sentabr 2024, 14:28

“Maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozorda sotish hisobiga rivojlanmoqda” — prezident

2023-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarning 70 foizi ichki bozorda sotildi. Prezident qo‘shni bozorlarda butlovchi qismlarni ortiqcha to‘lovsiz yetkazib berish uchun yirik uzelli yig‘uv korxonasini yo‘lga qo‘yish, elektrotexnika mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident: Inson huquq va erkinliklarini himoyalash terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning asosidir
4 sentabr 2024, 10:54

Prezident: Inson huquq va erkinliklarini himoyalash terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning asosidir

Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, qonun ustuvorligi prinsipiga og‘ishmay rioya etish terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning fundamental asosidir. Bu haqda prezident Toshkentdagi SHHT MAT va MDH AM konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi
3 sentabr 2024, 18:51

Shavkat Mirziyoyev ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda suhbatlashdi. Prezident bu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting